Crypto Osh
O'zbekiston kriptanlari assotsiatsiyasi

Kripto, blokcheyn va osh — bir dasturxon atrofida

Kripto Osh — O'zbekistondagi kripto ishqibozlari, treyderlar, web3 dasturchilar va blogerlarning ochiq hamjamiyati. Bilim almashish, tanishish va yurtimizda blokcheynni birga rivojlantirish uchun osh atrofida yig'ilamiz.

Crypto Osh
5+turkumdagi uchrashuvlar
4O'zbekiston hududi
120rekord Oshdagi mehmonlar
1hammani birlashtiradigan qozon
Osh qanday o'tadi
Tarix

Kripto Osh qanday paydo bo'ldi

O'zbekistonda muhim suhbatlar osh ustida bo'ladi. Blokcheyn haqida ham shunday gaplashsa bo'ladi, deb o'yladik: sahnasiz, rasmiyatchiliksiz, umumiy dasturxon atrofida. U yerda treyder dasturchi bilan, bloger esa tadbirkor bilan yonma-yon o'tiradi.

Kripto Osh'ni O'zbekiston kripto ishqibozlarining ochiq hamjamiyati va assotsiatsiyasi Tohir Sultonov timsolida tashkil etgan. Maqsad — yurtimizda blokcheyn texnologiyalarini rivojlantirish, ularni yaratayotgan odamlarni birlashtirish va kripto savodli, shaffof hamda qonuniy bo'lishi mumkinligini ko'rsatish.

Batafsil →
Missiya

O'zbekistonda blokcheynni rivojlantiramiz

O'zbekiston blokcheyn sohasining ochiq, professional va qonun doirasida o'sishiga yordam beramiz.

01

Ta'lim

Bozor, texnologiyalar va xavfsizlik haqida tushunarli ma'ruzalar — yangi boshlaganlar uchun ham, mutaxassislar uchun ham.

02

Networking

Bir dasturxon atrofida jonli tanishuvlar. Hamkor, jamoa va investorni shu yerda topasiz.

03

Dasturchilar ekotizimi

Web3 dasturchilarni qo'llab-quvvatlaymiz: loyihalarini ko'rsatamiz, biznes va hamjamiyat bilan bog'laymiz.

04

Mas'uliyatli kripto madaniyati

NAPP talablariga muvofiq, litsenziyalangan provayderlar orqali ishlashni targ'ib qilamiz va imkoniyatni xavfdan ajratishni o'rgatamiz.

Hamjamiyat

Biz bilan kimlar

Treyderlar

Bozor tahlili, strategiyalar va tajriba almashish — ortiqcha shovqinsiz.

Web3 dasturchilar

Mahsulotni ko'rsatish, jamoa va ilk foydalanuvchilarni topish uchun maydon.

KOL va blogerlar

Kontent, hamkorliklar va eng faol kripto hamjamiyat bilan aloqa.

Tadbirkorlar

Bozorni tushunish, hamkorlik va yangi auditoriya.

Biznesga

Brendingiz uchun tayyor tadbir

Osh, e'lonlar, mehmonlarni yig'ish, target, foto va video, taklif etilgan spikerlar. Hammasini o'zimiz qilamiz.

29 mln so'mdanTaklifni ko'rish
Fotohisobotlar

Osh qanday o'tadi

Videolar

Xotiralar kutubxonasi

Har bir Osh — bu bir hikoya: yangi chehralar, bozor haqida qizg'in bahslar va hammani birlashtiradigan osh. Bu yerda O'zbekistonning turli shaharlaridagi uchrashuvlarimiz videolari jamlangan.

Xorazm, Urganch

Crypto Osh Xorazm — 120 odamlik eng katta kripto uchrashuv! Urganchda tarix yozildi!

Farg'ona

Crypto Osh Farg'ona 2025 — osh, blockchain va networking

Biz bilan bog'lanish

Keyingi Oshga kelmoqchimisiz, spiker bo'lmoqchimisiz yoki brendingiz uchun tadbir o'tkazmoqchimisiz? Bizga yozing.